24.07.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan yangi «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!» ichki turizm loyihasini amalga oshirishni boshladi.
Loyiha doirasida turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan 50 nafar ishchi‑xodim 2 kunlik Toshkent sayohatiga yo‘l oldi.
Sayohat davomida ishtirokchilar poytaxtdagi tarixiy qadamjolar, madaniy obidalar hamda zamonaviy diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishib, mazmunli hordiq chiqaradi.
Ushbu tashabbus ichki turizmni rivojlantirish va mehnatkashlarning sifatli dam olishini qo‘llab‑quvvatlashga qaratilgan.