[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

25.07.2025. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” yubileyi munosabati bilan joriy yilning 24 iyul’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan “Salomatlik sari” shiori ostida ommaviy yurish marafoni sport tadbiri tashkil etildi.

Ommaviy yurish marafoni tadbirini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi So‘xrob Rafiqov ochib berib, “Salomatlik sari” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ushbu sport tadbiri orqali ishchi-xodimlar, yoshlar, ayniqsa aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali inson doimo sog‘-salomat bo‘lishi, shuningdek, yurish marafoni tadbiri orqali ishtirokchilar istirohat bog‘i bo‘ylab ham sayohat qilishlari, ham ziyorat qilishlari va, albatta, bu orqali salomat bo‘lishlari haqida ta’kidlab o‘tdi.

Viloyat kengashi tomonidan piyoda yurish tadbirlari doimiy ravishda amalga oshirib boriladi.

Ushbu ommaviy yurish marafoni sport tadbirida 420 nafardan ortiq viloyat kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar, mehnat faxriylari, nuroniylar, sportchilar, sport faxriylari, yoshlar hamda sport maktablari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Ommaviy yurish marafoni ishtirokchilari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘i kirish qismidan Samarqand kinoteatrigacha ikki kilometr masofaga yurishdi va istirohat bog‘i maydonida saflanib, badantarbiya mashqlarini bajarishdi.