28.07.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlab, “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasida xotin-qizlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada korxonaning turli sexlaridan ishtirok etgan xodimlar yakkalik bahslarida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra, 1-o‘rinni LKB xodimasi L. Galiulina, 2-o‘rinni 54-sex xodimasi D. Baxtiyarova, 3-o‘rinni NO‘AvaA xodimasi A. Madimarova va 4-o‘rinni 3-sex xodimasi F. Xakimova egalladi.
Shuningdek, rag‘batlantiruvchi o‘rinlarni 54-sex xodimasi M. Kambarova, MEUT sexi xodimasi M. Alimova, TYS xodimasi R. Xolmurotova va ML xodimasi Z. Abduraxmanovalar qo‘lga kiritdilar.
G‘olib va sovrindorlar korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi