06.08.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yillik bayrami oldidan Toshkent shahri, Andijon va Jizzax viloyatlarining sportchilari Sirdaryoda suvga sakrash bo‘yicha ochiq birinchilikda bellashdilar.
Viloyat miqyosida jismoniy tarbiya va sportni, jumladan suv sportini rivojlantirish va ommalashtirish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida “Uzbekistan Aquatics” federatsiyasining Sirdaryo viloyati filiali Ustaviga asosan, bugun — 6 avgust kuni Guliston shahridagi suzish havzasida viloyat kasaba uyushmalari kengashi hamda viloyat sport boshqarmasi hamkorligida sportning suvga sakrash turi bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqada Toshkent shahri, Andijon va Jizzax viloyatlaridan kelgan jami 45 nafar sportchi uch yosh toifasiga bo‘lingan holda ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, uchinchi o‘rinni Andijon viloyati vakillari, ikkinchi o‘rinni Jizzax viloyati va birinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati vakillari egallashdi.
G‘olib va sovrindorlarga viloyat kasaba uyushmalari kengashi hamda viloyat sport boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.