[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

11.08.2025. So‘nggi yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda xalqni rozi qilish yo‘lida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va tizimli islohotlar natijasida katta o‘zgarishlarga erishilmoqda. Mazkur izchil islohotlar va yangilanishlar jarayonida mamlakatimizning eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston”ning “Yangi kasaba uyushmalari” shakllandi va islohotlarning faol ishtirokchisiga aylandi. Shu kunlarda joylarda tarmok kasaba uyushmalari kesimida o‘tgan besh yillik faoliyat chuqur tahlil kilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olmokda. Jumladan, kuni-kecha O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasining VI Qrultoyi bo‘lib o‘tdi.
Kurultoyda dastlab, O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasining o‘tgan besh yillik faoliyatiga doir hisoboti delegatlar va mehmonlar e’tiboriga havola etildi. E’tirof etilganidek, olib borilgan kegng kamrovli ishlar o‘zining samarasini bermokda Jumladan, agar 2020 yil sentyabrida a’zolar soni 203 108 nafarni tashkil etgan bo‘lsa bugungi kunga kelib, tarmok kasaba uyushmasi bilan 2 136 ta yangi korxona va tashkilotlar qamrab olinishi natijasida a’zolar soni yana 308 705 nafarga oshib, umumiy hisobda 511 800 dan ziyodni tashkil etmokda.
Hisobot davrida kasaba uyushmalarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 822 ta tashkilotda o‘tkazilgan 9 150 ta seminarlar, davra suhbatlari bilan 56 ming 650 nafar xodim qamrab olindi. Fuqarolardan kelgan jami 227 ta murojaat o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda ijobiy hal qilindi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 144 ming 389 ta tadbir tashkil etildi. O‘tgan besh yilda xodimlar uchun 1602 ta korxonada ish haqi koeffisientlari oshirildi, 2918 ta korxonaning 272 118 xodimiga uzaytirilgan mehnat ta’tili joriy etildi.
Hisobot davri mobaynida ish beruvchilar hamda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan jami 36 225 nafar xodimga va ularning oila a’zolariga ijtimoiy ko‘mak va moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
O‘tgan davrda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ishchi-xizmatchilarning 10 mingdan ziyod farzandlari dam oldirildi. Xorazm, Samarqand va Buxoro shaharlariga jami 89 ming 987 nafar xodim hamda yoshlar sayohatlarga yuborildi. Shu bilan birga jami 16 ming nafar kasaba uyushma a’zolari va faollari, talaba yoshlarning poytaxtimiz teatrlari, muzeylar, ko‘rgazma zallari va konsertlarga tashriflari uyushtirildi.
Qurultoyda delegatlar tomonidan hisobot yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida Respublika Kengashining faoliyati qoniqarli deb topildi. Shuningdek, taftish komissiyasi hisoboti xam tinglanib, tasdiqlandi.
Shundan so‘ng, muqobillik asosida yashirin ovoz berish yuli bilan O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra tarmoq kasaba uyushmasi raisligiga Abdulla Nugmanov munosib ko‘rildi.

Shu bilan bir katorda, Respublika Kengashining yangi tarkibi, taftish komissiyasi raisi va a’zolari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga delegatlarlar saylandi. Ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekitson kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati