[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

15.08.2025. So‘nggi besh yilda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tarmoqdagi xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilash hamda mehnat muhofazasi sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirdi. 2020–2025 yillarda a’zolar soni 225 647 nafarga ko‘payib, 969 030 nafarga yetdi, nodavlat tashkilotlardagi a’zolar soni esa 151 186 nafarga oshdi.

Hisobot davrida 9 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlandi, 585 nafar yangi saylangan qo‘mita raislari malaka oshirish kurslaridan o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tuzilgan tarmoq jamoa kelishuvida Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan 32 qo‘shimcha imtiyoz joriy etildi, ijtimoiy sheriklar bilan kelishuvlar asosida qo‘shimcha kafolat va ustamalar amalga oshirildi.

O‘rtacha nominal ish haqi tarmoq bo‘yicha 2020 yilda 1,8 mln so‘mdan 2024 yilda ayrim muassasalarda 3,3 mln so‘mgacha oshdi, har bir xodimga sarflanadigan qo‘shimcha mablag‘ 1,8 barobarga ko‘paydi. 2020–2024 yillarda mehnat muhofazasiga qaratilgan 66 880 ta tadbirning 93% amalga oshirildi, 2024 yilda esa bu yo‘nalishga 1,28 trln so‘m sarflandi.

Mehnat inspeksiyasi faoliyati natijasida 500 mingdan ortiq xodimning huquqlari tiklandi, ular foydasiga yuzlab milliard so‘m undirib berildi. Sudlarga 1 846 ta da’vo kiritilib, 14 965 nafar xodimning huquqlari himoya qilindi.