[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

18.08.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi tomonidan SOS O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand shahar filialida, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan SOS bolalar mahallasida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir ochilishida so‘zga chiqqanlar Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida, korxona va tashkilotlarda «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» degan ezgu g‘oya ostida o‘tayotgani, mustaqillik, istiqlol, tinchlik va xalqimiz farovonligi haqida fikr yuritib, bayram munosabati bilan filial xodimlari va bolajonlarga ezgu tilaklarini izhor qilib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladilar.

SOS O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand shahar filiali tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka va armrestling turlari, shuningdek, “Kim epchil – kim chaqqon” estafeta musobaqalari hamda rasm chizish tanlovi o‘tkazildi.

Sport musobaqalari va rasm chizish tanlovida 8 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 42 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida sport turlari va rasm chizish tanlovida qatnashgan tarbiyalanuvchilarga kasaba uyushmalari viloyat kengashi tomonidan badiiy kitoblar va diplomlar topshirildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan SOS O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand shahar filialida samarali mehnat qilib kelayotgan 10 nafar tarbiyachi-xodimga viloyat kengashi tomonidan 2025 yilda Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik bepul sayohat sertifikatlari taqdim etildi.