[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.08.2025. Mustaqillikning 34 yilligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tibbiyot xodimlari farzandlarining 40 nafariga maktab sumkalari va o‘quv qurollari topshirildi. Bu esa ularning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda va munosib shart-sharoitlarda boshlashlariga xizmat qiladi.

Tadbirda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tibbiyot xodimlari va bolajonlarni qo‘shaloq bayram bilan tabriklab, yosh avlodni bilim olishda zarur moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, tibbiyot xodimlarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi