[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

22.08.2025. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida Samarqand viloyatida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashmasi tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlar mehnat jamoalarida ham turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularda vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Samarqand viloyat birlashmasi tomonidan tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning 100 nafar farzandlari uchun madaniy-ma’rifiy tadbir hamda sayohat uyushtirildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A. Abdusaidov, O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat qo‘mitasi raisi T. Alkarov hamda bolalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tuman va shaharlardan kelgan bolajonlar qadimiy Samarqand shahridagi “Ulug‘bek observatoriyasi”, “Amir Temur maqbarasi”, “Registon maydoni” hamda O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar bilan tanishdilar, shuningdek ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun tushlik tashkil etildi va bolalarga o‘quv qurollaridan iborat esdalik sovg‘alari topshirildi.