[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

25.08.2025. Sayyoramizning ertangi kuni va farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois yoshlarning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bizning ustuvor vazifamizdir.

Yurtimizda yoshlarni ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va yetuk shaxs sifatida kamol topishi uchun zamonaviy, ilg‘or innovasion imkoniyatlar yaratish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar kun sayin kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi va mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali hamda Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchilar bilan hamkorlikda xayrli tashabbusni amalga oshirdi.

Tashkilotda mehnat qilib kelayotgan 100 nafar ishchi-xodimlarning farzandlariga maktab sumkalari va o‘quv qurollari topshirilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi.