09.09.2025. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5–7 sentyabr’ kunlari O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan “VI-tarmoq Spartakiadasi”ning Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Uch kun davom etgan bellashuvlarda mamlakatning turli hududlaridan jamoalar va sportchilar ishtirok etib, mini futbol, arqan tortish, suzish, darts, stol tennisi, shashka va shaxmat bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Spartakiadaning asosiy maqsadi — soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport orqali jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda tarmoq ishchilari o‘rtasida do‘stona aloqalarni kuchaytirishdir.
Bellashuvlar yuqori saviyada, katta qiziqish va ruhiy ko‘tarinkilik bilan o‘tdi. Har bir tur bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Natijalardan ayrimlari:
Mini futbol: I-o‘rin — Xorazm viloyati jamoasi, II-o‘rin — Farg‘ona viloyati, III-o‘rin — Toshkent viloyati.
Arqon tortish: I-o‘rin — Xorazm viloyati, II-o‘rin — Farg‘ona viloyati, III-o‘rin — Namangan viloyati.
Suzish: I-o‘rin — Sharafov Bekzod (Farg‘ona), II-o‘rin — Abdullaev Sayyodbek (Andijon), III-o‘rin — Tilyakabilov Aziz (Toshkent).
Darts: I-o‘rin — Tadjibaeva Ma’mura (Namangan), II-o‘rin — Madaminova Muxabbatxon (Andijon), III-o‘rin — Yax’yaeva Guzal (Toshkent).
Stol tennisi: ayollar o‘rtasida I-o‘rin — Samarqand viloyati, erkaklar o‘rtasida I-o‘rin — Samarqand viloyati.
Shashka: ayollar o‘rtasida I-o‘rin — Samarqand viloyati, erkaklar o‘rtasida I-o‘rin — Farg‘ona viloyati.
Shaxmat: ayollar o‘rtasida I-o‘rin — Andijon viloyati, erkaklar o‘rtasida I-o‘rin — Andijon viloyati.
“VI-tarmoq Spartakiadasi” soha xodimlarining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga xizmat qildi. Ushbu musobaqa ishtirokchilarga nafaqat salomatlikni mustahkamlash, balki ish va sportda ham jamoaviy hamkorlikning muhim ahamiyatga egaligini yana bir bor namoyon etdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский