16.09.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi Yoshlar birlashmasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan bir guruh yoshlarning Xorazm milliy tabiat bog‘iga sayohati tashkil qilindi.
Bugungi kunda yoshlarning tabiatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, ularning ekologik madaniyatini oshirish jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda o‘tkazilgan sayohat yoshlar uchun nafaqat qiziqarli, balki g‘oyat foydali bo‘ldi.
Sayohat davomida ularga qo‘riqxona haqida ma’lumotlar berilib, bu yerda saqlanayotgan nodir o‘simlik va hayvon turlari haqida so‘zlab berildi.
Shuningdek, yoshlar uchun turli xil ekologik mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ular tabiat qonunlari, ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida qiziqarli ma’lumotlar oldilar. Ushbu sayohat yoshlarda ekologik madaniyat va tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday sayohatlar orqali yoshlar kelajakda tabiatni asrab-avaylash va uni muhofaza qilishda mas’uliyatli avlod sifatida shakllanishi shubhasiz.
Baxtiyor Ismailov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi