18.09.2025. “Uzbekistan Airways Techniks” MChJ xodimlari o‘rtasida 1500 metrga yugurish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda harbiy-havo kuchlari, harbiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ishlab chiqarishni tayyorlash bo‘limlari, boks bo‘limi va boshqa xodimlar ishtirok etdilar.
Ishchilarning musobaqaga bo‘lgan ishtiyoqi va g‘alabaga bo‘lgan irodasi ularning shaxsiy va jamoaviy hisobda erishgan katta yutuqlarida namoyon buldi.
Erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni B.Zohidov, 2-o‘rinni A.Abdurahmonov, 3-o‘rinni I.Sultangaliev egalladi.
Ayollar o‘rtasida esa V.Karpenko 1-o‘ringa, S.Muhamedjanova 2-o‘ringa, I. Gimadieva 3 – o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ushbu tadbir korxonada nafaqat xavfsiz mehnat qilish, balki sportni rivojlantirish mehnatkashlar, xususan, ayollar va yoshlar sog‘lig‘i va dam olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ko‘rsatdi.