22.09.2025. Uchquduqdagi 1-son Politexnikumda “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘aeva yoshlarga qaratilgan davlat siyosati, yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot davomida kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish afzalliklari, yoshlar uchun imtiyoz va kafolatlar, yangi Mehnat kodeksi haqida ma’lumotlar berildi.
Faol yoshlarga esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.