[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

30.09.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ishonch telefoni orqali Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi fermer xo‘jaligida mehnat qilgan terimchilardan murojaat kelib tushdi.

Gulnora Nosirova va boshqa 20 nafar terimchi 4 kunlik paxta terimi uchun haqlarini ololmaganliklari haqida ma’lum qilishdi. Mazkur murojaat O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va fermer xo‘jaligi rahbari hamda terimchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Natijada terimchilarning 4 kunlik mehnatlari uchun 40 million so‘m undirib berildi. Murojaat to‘liq qanoatlantirildi va terimchilar kasaba uyushmalariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.