02.10.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tarmoq tizimidagi korxonalar tomonidan 1 oktyabr’ – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti, D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining Chirchiq shahridagi filialida bayram munosabati bilan tantanali tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etib, mazkur oliy ta’lim muassasalarida talabalarga ilm sirlarini o‘rgatib, ta’lim-tarbiya berib kelayotgan bir guruh fidoiy o‘qituvchilar va jonkuyar murabbiylarga Respublika kengashining “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Tantanali tadbirlarda talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.