02.10.2025. Jizzax viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Jizzax viloyati Kengashi hamkorligida 2025 yil 27–29 sentyabr’ kunlari tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarning ochilish marosimida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari G.B.Haydarova, kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi M.Yu.Yakubov va O‘zKUF Jizzax viloyat Kengashi mutaxassisi F.Ahmedov ishtirok etdilar.
Bellashuvlarda Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi mini-futbol bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Stol tennisida erkaklar orasida Asqarov Sh. (RShTYoIM) va ayollar orasida Ermatova D. (Paxtakor TTB) g‘olib bo‘lishdi. Shaxmatda Do‘stlik TTB vrachi Mahammatov G‘. hamda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi hamshirasi Muzaffarova Sh. birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shashka bellashuvlarida esa Zarbdor TTB va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari g‘olib deb topildi.
Spartakiada yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda kasaba uyushmasi tomonidan diplom, medal’ va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularga Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar topshirildi.
Sport musobaqalari yuqori bayramona kayfiyat va do‘stona raqobat ruhida o‘tdi.