[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

06.10.2025. Joriy yilning 4 oktyabr’ kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga asosan Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, salomatligini mustahkamlash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha spartakiada musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan tegishli darajadagi diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. G‘oliblar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.