13.10.2025. Keksalarni e’zozlash haftaligi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyat kengashi tomonidan faxriylar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan viloyatdagi bir guruh mehnat faxriylari ishtirokida Shovot tumanida joylashgan Yusuf Hamadoniy majmuasiga ziyorat uyushtirildi.
Ziyorat davomida faxriylar majmua tarixi, G‘avsul A’zam, Yusuf Hamadoniy, Said Hamadoniy va Jilovdor bobo hazratlarining hayot yo‘li hamda islom ma’rifatini tarqatishdagi xizmatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Faxriylar yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi uchun duo qildilar hamda xayrli tilaklar bildirdilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyat kengashi tomonidan keksalarni qadrlash, ularga ma’naviy va ma’rifiy yordam ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский