[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

13.10.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan Butunjahon munosib mehnat kuniga bag‘ishlab, “Munosib mehnat – munosib hayot asosidir” shiori ostida seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat kengashi apparati xodimlari, respublika tarmoq kasaba uyushmalarining viloyatdagi mas’ul rahbarlari hamda onlayn tarzda tuman va shahar studiyalaridan tarmoq kasaba uyushmalari yetakchilari ishtirok etdilar.

Seminar davomida tashkilot, korxona va muassasalarda ishchi-xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlar salomatligini muntazam nazorat qilish, xavfsizlik texnikasiga rioya etish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarining oldini olish borasida kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, yurtimizda olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida so‘nggi yillarda ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etish, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish kabi masalalar samarali hal etilmoqda.

Tadbirda mehnat bozorining muhim institutlari — mehnat inspeksiyalari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ish beruvchilarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.