13.10.2025. O‘zbekiston Respublikasida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik bo‘yicha Milliy monitoring Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Kuliev Turob Mahmudovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan biriktirilgan mas’ul xodim Utepbergenov Bekpolat Allanazarovich Nukus tuman hokimligining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Abatova Sarvinoz bilan hamkorlikda Nukus tumani “Qirontov” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “To‘liboy boshliq” va “Quronboy zargar” fermer xo‘jaliklarida paxta terimchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida terimchilarning mehnat sharoiti, moddiy rag‘batlantirilishi va xo‘jaliklarda mehnat munosabatlarining qonuniyligi o‘rganildi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklaridagi qishloq faollari tomonidan terim ishlariga salmoqli hissa qo‘shayotgan terimchilarga tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский