14.10.2025. Milliy monitoring
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tegishli qarori bilan paxta yig‘im-terimi mavsumida terimchilarga munosib mehnat sharoitlari yaratish hamda ularning ish haqini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Milliy monitoring guruhi tuzilgan.
Ayni paytda dalalarda Milliy monitoring ishlari olib borilmoqda. Yaqinda mas’ullar Surxondaryo viloyati Angor tumani, “Guliston” mahallasidagi Saidnosirxon fermer xo‘jaligida ham bo‘lishdi. O‘rganishlar mobaynida xo‘jalik rahbari terimchilarning 10 kunlik ish haqini bermagani aniqlandi. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 65 nafar terimchiga paxta pullari (79,9 million so‘m) to‘lab berildi.
Bobur Mamirov
Surxondaryo viloyat bo‘yicha Milliy monitoring guruhi rahbari