[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

22.10.2025. Joriy yil 17 oktyabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqqan maqsad va vazifalar yuzasidan 21 oktyabr’ kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi S. Fayzieva, rais o‘rinbosarlari, viloyat kengashi xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Toshkent viloyati kengashlari, birlashgan qo‘mita raislari va mas’ul tashkilotchilari ishtirok etdi.

Kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu uchrashuv kasaba uyushmalari faoliyatida muhim o‘rin tutishi, uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar va bildirilgan fikrlar bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sakkizta yo‘nalish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish, bu borada tarmoq kasaba uyushmalari, tuman va shahar kengashlari hamda boshlang‘ich tashkilotlar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.