23.10.2025. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisining 14-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan 3 yillik rejasiga muvofiq joriy yilning 4-choragida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligida genderga oid audit o‘tkazish belgilangan.
Rejaga muvofiq O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakillari tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, uning tizim tashkilotlari hamda quyi tuzilmalarida Genderga oid auditni boshlash yuzasidan vazirlik rahbar xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar o‘rtasida genderga oid auditning tartib tamoyillari, jarayonda talab etiladigan hujjatlar va audit doirasida tashkil etiladigan tadbirlar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi xodimlari tomonidan genderga oid auditning huquqiy asoslari, sohadagi qonunchilik, yangi tasdiqlangan uslubiyot mazmun-mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
O‘z o‘rnida vazirlik xodimlari tomonidan, genderga oid audit davomida auditorlar guruhiga o‘rganishga doir barcha kerakli hujjatlar belgilangan muddatlarda taqdim etilishi hamda xodimlar bilan individual suhbatlar, interv’yular va seminarlar tashkil etilishida yaqindan yordam berilishi ta’kidlandi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский