[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

27.10.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda hordig‘ini chiqarish maqsadida Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

Ushbu sayohatda jami 50 nafar ayollar ishtirok etdilar. Ular orasida tumanimizdagi “Ahillik” mahallasidan 20 nafar “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan nuroniy onaxonlar va faol xotin-qizlar ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida sayohat ishtirokchilari Samarqand shahrining tarixiy obidalari va me’moriy yodgorliklari bilan tanishdilar, viloyatning boy madaniy merosi hamda zamonaviy taraqqiyotidan bahramand bo‘ldilar.

Mazkur tashabbus xotin-qizlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

“Ahillik” mahallasi xotin-qizlari viloyat kasaba uyushmasi rahbariyatiga bunday mazmunli va foydali tashabbus uchun samimiy minnatdorlik izhor etdilar.