29.10.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2025 yil II yarim yillik ish rejasiga asosan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Qibray tumanidagi “Chinobod neftbazasi” AJ da “Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish borasidagi talablari hamda mehnat xavfsizligi va gigienasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur amaliy seminarga “Chinobod neftbazasi” AJ tizimidagi tashkilotlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari taklif etildi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘. Rashidov, “Chinobod neftbazasi” AJ direktori S. Murjanov, “Chinobod neftbazasi” AJ direktorining birinchi o‘rinbosari — bosh muhandis S. Sagdullaev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi mehnat-huquq inspektori M. Mirzaev, mehnat-texnik inspektori Sh. Xazratqulov hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis S. Erbo‘taevlar ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi — insonlarning mehnat jarayonida xavfsizligini, sihat-salomatligini va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiena hamda davolash-profilaktika tadbirlari tizimini yo‘lga qo‘yish, ish beruvchilar va kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligiga ziyon yetkazuvchi boshqa holatlarni oldini olishga erishishdan iborat. Shuningdek, baxtsiz hodisalar haqida xabardor etish, maxsus tekshiruv komissiyasida kasaba uyushmalari vakilining ishtirokini belgilash, mavjud muammolarni aniqlash, tahlil qilish va baholash, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash masalalari muhokama qilindi.
Seminarda ma’ruzachilar tomonidan Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish borasidagi talablari, mehnat xavfsizligi va gigienasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, ularni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar, Yangi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tahlili, mehnat muhofazasining yangi bosqichi — ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli, shuningdek, Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tahlili yuzasidan ma’lumot berildi.
Seminarning ikkinchi qismida ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda favqulodda vaziyatlarda texnologik hodisalar orqali kelib chiqadigan yong‘inlarni bartaraf etish va jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский