29.10.2025. Navoiy shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va “11 noyabr’ — Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi, Navoiy viloyati hokimligi hamda Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanni O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Otabek Aslonov boshqardi. Dastlab viloyat Kengashi raisi Nazirova Tog‘aeva so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar va kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Anjumanda kasaba uyushmalari bilan media sohasi o‘rtasidagi hamkorlik, jurnalistlar bilan aloqalarni yanada kuchaytirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilar kasaba uyushmalarining bugungi jamiyatdagi o‘rni hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский