[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

05.11.2025. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11-noyabr’ — “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi F.K. Ro‘ziev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi S.A. Rafiqov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi I.S. Rahimov, Ishtixon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i G.I. Saidmuratova, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo‘linmasi kengashi raisi B. Valiev, boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi F.K. Ro‘ziev ochib berdi hamda barchani bayram bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi S.A. Rafiqov so‘zga chiqib, 2025 yil 17 oktyabr’ kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan o‘tkazgan uchrashuvi haqida ma’lumot berib, kasaba uyushmalarining ko‘p millionli a’zolariga bildirilgan yuksak hurmat va ezgu tilaklarni tadbir ishtirokchilariga yetkazdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi delegati, 19-maktab ingliz tili fanining o‘qituvchisi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.R. Ro‘zieva tadbir ishtirokchilariga Qurultoy taassurotlarini bayon etdi.

Tadbir so‘ngida kasaba uyushmasi faxriylari, kasaba uyushmasi faollari hamda hamkor tashkilot vakillari tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.