05.11.2025. Navoiy innovasiyalar universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda “11-noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Ijtimoiy sheriklik — barqaror rivojlanish garovi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, professor Jo‘rabek Maflonov ochib berdi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ishchi-xizmatchilarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi maslahatchisi Normurod Isoqov ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, kasaba uyushmalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ijtimoiy sheriklik tamoyillarining ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, tadbirda Federatsiyaning viloyat kengashi bo‘lim mudirlari — Norimhol Nurmonova va Olim Bobomurodov mehnat qonunchiligini takomillashtirish, xodimlar huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bayon etdi.
Davra suhbati doirasida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilishi, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati kengashi raisi Nargiza Yuldasheva faol kasaba uyushmasi a’zolariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский