[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

06.11.2025. Bugun, 5 noyabr’ kuni Buxoro shahridagi 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi hamda Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi hamkorligida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” munosabati bilan “Milliylikni tarannum etgan holda” viloyat ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni birlashgan qo‘mita raisi D. Temirova va Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i V. Niyozov ochib berib, ishtirokchilarga tanlovda omad va yuqori ijodiy natijalar tiladilar.

Tanlov uch yo‘nalishda — an’anaviy xonandalik, milliy raqs hamda milliy musiqa ijrochiligi bo‘yicha tashkil etildi. Har bir yo‘nalishda yosh ijrochilar o‘z mahoratini namoyon etib, milliy san’atimizning o‘ziga xos jozibasini ifoda etdilar.

Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar birlashgan qo‘mita tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar taqdim etildi.