06.11.2025. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” esdalik nishoni — mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi munosabati bilan joriy etilgan esdalik mukofoti bo‘lib, u mehnat sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan va xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash hamda kasaba uyushmasi tizimini rivojlantirishda alohida hissa qo‘shgan fidoyilarga taqdim etiladi.
Bugun mamlakatimizda kasaba uyushmalari tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” va «11 noyabr’ — Kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan «Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!» shiori ostida faxriylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi Faxriylar kengashi raisi Ravshan Mansurov va rais o‘rinbosari Nodir Dexkanov ishtirok etdi.
Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqada bo‘lgan 10 nafar faxriylar alohida e’tirof etilib, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский