07.11.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJda korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida, 11 noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan chora-tadbirlar rejasiga asosan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Korxonada “Kasaba uyushmasi bog‘i” tashkil etildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ushbu bog‘ga bir qator mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Kelgusida korxona hududiga iqlim sharoitiga chidamli ko‘plab ko‘chatlarni ekish maqsad qilingan.
Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram munosabati bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, g‘olib jamoalar aniqlandi.
Yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda iste’dodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida korxonada “Yilning eng yaxshi yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov doirasida “Eng yaxshi yosh NOA va A chilangari”, “Eng yaxshi yosh elektr chilangari” va “Eng yaxshi yosh payvandchisi” yo‘nalishlarida yoshlar o‘zaro bellashdilar.
Ishtirokchilar nazariy va amaliy bosqichlarda o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib yosh mutaxassislar aniqlanib, g‘olib va faol ishtirokchilar AJ “Ammofos-Maxam” rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Korxona oshxonasida xodimlar uchun bayram oshi tayyorlanib, dasturxon yozildi.
Tantanali bayram tadbiri 11 noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami arafasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский