07.11.2025. 2021 yildan boshlab mamlakatimizda “11 noyabr’ — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” har yili keng nishonlanib kelinmoqda. Bayram tadbirlari barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushmalari tashkilotlari mas’ulligida korxona, tashkilot va muassasalarda, shuningdek, tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida o‘tkazilishi tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Bayram munosabati bilan mehnat jamoalarida xodimlar bilan uchrashuvlar va ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ushbu tadbirlarda kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklarini targ‘ib etish, Yangi O‘zbekistonning Yangi kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli ishlarni xalqqa yetkazish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu muhim sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida turli ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini, halol va fidokorona mehnati bilan yurt taraqqiyotiga, kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan turli soha xodimlarini va faxriylarni e’zozlash va taqdirlash an’anaga aylangan.
Ayniqsa, bu yilgi bayram sanasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida o‘tkazilayotgani ushbu bayramning shukuhini yanada oshirmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 7 noyabr’ kuni Qarshi shahridagi “Ofarin” anjumanlar saroyida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — 120 yil xalq bilan” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimov, O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Sh. Qurbonov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi B. Jo‘raev, nuroniylar, deputatlar, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi M. Azimov o‘z tabrigida kasaba uyushmalari tizimining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidlab, yig‘ilganlarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda milliy kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi bilan tabrikladi.
Tadbir doirasida faollar, nuroniylar va uyushmaning ilg‘or a’zolariga «O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi» esdalik nishonlari, viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayramona dasturda Qashqadaryo elining taniqli san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский