[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

07.11.2025. 7 noyabr’ kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining katta majlislar zalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11 noyabr’ – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Narzullaev Zufar G‘isovich hamda O‘zbekiston temir yo‘lchilari va transport qurivchilari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Qutlimurat Sabirov ochib berdi.

So‘zga chiqqanlar kasaba uyushmalari tizimining mamlakat taraqqiyoti, mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni haqida to‘xtalib, fidokorona mehnat qilayotgan kasaba uyushmalari faollarini samimiy tabrikladilar.

Tadbir davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan bir guruh kasaba uyushmalari xodimlari va fidokor mehnatkashlarga qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan “Kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil” ko‘krak nishoni hamda tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashining faxriy yorliqlari topshirildi.