08.11.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari tizimida qator tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmalari” Respublika kengashi tomonidan o‘z faoliyati davomida kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirishga, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shgan, tashabbuskor va fidoyi kasaba uyushmalarining ilg‘or tashkilotlari raislariga esdalik nishonlari topshirildi.
Tantanali marosimda Respublika kengashi raisi Usmonov Tal’at Subxonqulovich so‘zga chiqib, barcha kasaba uyushma faollari va soha vakillarini ushbu qutlug‘ sana bilan chin dildan tabrikladi. U o‘z nutqida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixida mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va kafolatlarini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sog‘lom mehnat muhitini yaratish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Usmonov Tal’at Subxonqulovich bugungi kunda kasaba uyushmalari tizimi mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol ishtirok etayotganini, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim tashabbuslar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.
Tadbir yakunida kasaba uyushmalarining faol raislariga esdalik nishonlari topshirilib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilamdi. Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский