17.11.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish” mavzusidagi navbatdagi o‘quv-seminar Yangiyo‘l shahri va tumanida davom ettirildi.
Joriy yilning 13 noyabr kuni Yangiyo‘l shahar hokimiyati majlislar zalida shahar va tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘. Rashidov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R. Gazieva va Yangiyo‘l shahar hokimi o‘rinbosari M. Narbaevlar ishtirok etdi. O‘. Rashidov hamda M. Narbaev seminarni kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 17 oktyabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari hamda kasaba uyushmalari hamkorligini ta’minlashning muhim ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdi.
Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, sanatoriylarda sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalarining tashkiliy-huquqiy asoslari, moliyaviy masalalarda amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya etish, yosh ishchi xodimlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, “KasabaKIAT” dasturiy vositasidan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi. Ushbu o‘quv-seminar Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilangan.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский