[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

19.11.2025. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi jamoasi ham hamjihatlik bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 5 gektar maydonda “Kasaba uyushma bog‘i” tashkil etilgan bo‘lib, bugun ushbu bog‘ga 1500 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bir paytlar qarovsizlikdan tashlandiq holga aylangan ushbu hudud O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan bog‘ga aylantirilgan edi. Bugun esa u chinakam “Yashil makon”ga aylandi.

— Davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan “Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizda yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun yurtimizning har bir go‘shasida — shahar va qishloqlarimizda, mahalla va guzarlarda, ta’lim muassasalarida ushbu xayrli ishga barcha, yoshu-qari, astoydil bel bog‘lagan, — deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi Erkinjon Nuraliev. — Biz ham ushbu ezgu ishga o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida “Kasaba uyushma bog‘i”da mevali daraxt ko‘chatlarini ekdik. Ishonchim komilki, bu bog‘ Farg‘onaning eng go‘zal, ko‘z ko‘rsa quvonadigan maskanlaridan biriga aylanadi.

Ayni paytda viloyat bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkilot va muassasalarda ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.