[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

26.11.2025. Kasaba uyushmalarining 120 yilligi arafasida tizimda uzoq yillar fidoyilik bilan mehnat qilgan faxriylar xolidan xabar olinmoqda.

Qodirjon Parpiev ham uzoq yillar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab, ishchi-xodimlarning haq-huquqlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yangi tashkil etilgan tashkilotlardagi xodimlarni kasaba uyushmasiga a’zo qilish yo‘nalishlarida samarali mehnat qilgan. Hozirda farzandlari va nabiralari ardog‘ida keksalik gashtini surmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining vodiy hududidagi raislari Qodirjon Parpiev xonadonida bo‘lib, Federatsiya raisi Q. Rafiqovning ezgu tilaklari va bayram tabrigini yetkazdilar. Shuningdek, “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik nishonini topshirdilar.

Shu kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar rahbarlar tomonidan yaqindan o‘rganildi.