[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

26.11.2025. “UzAuto Motors” Xorazm filialida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi raisi Gulsara Qurbonboeva korxona xodimlari yurtimiz iqtisodiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan mehnat ahlini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta’kidlab o‘tdi.

Filial boshqaruvchi direktori o‘rinbosari B. Quryazov, xo‘jalik xizmati bo‘linmasi boshlig‘i M. Niyazmetov va filial xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M. Raximova ham xodimlarning avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishdagi xizmatlarini qayd etdilar. Shu bilan birga, korxona erishgan yutuqlarda kasaba uyushmalari ko‘magi muhim o‘rin tutganini ta’kidladilar.

Filial boshqaruvchi direktori S. Jumaniyazovga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” esdalik nishoni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashining tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.