26.11.2025. 2025 yil 21 noyabr’ kuni “Tibbiyot xodimlari kuni” hamda “11 noyabr’ — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasida markaz filiallari o‘rtasida “Yilning eng faol va mahoratli markazi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda turli hududlardan ishtirok etgan markazlar o‘z faoliyati, amalga oshirgan loyihalari, xizmat sifatini yaxshilash yo‘lidagi tashabbuslari hamda jamoaning kasbiy mahorat darajasini taqdim etdilar. Ko‘rik-tanlov doirasida ishtirokchilarning kasbiy saviyasini baholash maqsadida mehnat qonunchiligi bo‘yicha savol-javob bo‘limi ham tashkil etildi.
Hay’at a’zolari tomonidan markazlarning yil davomidagi faoliyati, innovasion yondashuvlari, xizmatlarni tashkil etishdagi samaradorligi, jamoadagi faollik va qonunchilikka rioya etish darajasi atroflicha o‘rganildi.
Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali;
2-o‘rin: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali;
3-o‘rin: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali.
Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan markazlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский