[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

28.11.2025. Bugun Buxoro stol tennisi federatsiyasi sport zalida kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlangan stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda ishlovchi 18–35 yoshli xodimlar ishtirok etdilar.

Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faolligini oshirish va ish jamoalarida sport muhitini kuchaytirishga qaratildi.

Stol tennisi xodimlar salomatligini qo‘llab-quvvatlash, stressni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishda muhim sport turi hisoblanadi.

Kasaba uyushmalari 120 yildan beri mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash hamda sog‘lom mehnat muhitini yaratish yo‘lida izchil faoliyat yuritib kelmoqda.

Musobaqa yakunida g‘oliblar diplom, medal va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bellashuvda 200 nafardan ziyod sport ixlosmandlari ishtirok etdi.