[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

02.12.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning “Markaziy Osiyo — yangi davr ostonasida” nomli maqolasini o‘rganish hamda 8 dekabr’ — O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Tadbirni viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘aeva ochib berdi. U o‘z nutqida bosh qomusimiz — Konstitusiyamiz yaratilish tarixi, unda belgilangan huquq va erkinliklar, shuningdek uning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng tarixchi olim Xurshid Qurbonov yaqinda nishonlangan Kasaba uyushmalari bayrami munosabati bilan barchani tabriklab, Konstitusiyamiz huquqiy ahamiyati va bugungi kundagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda viloyat Kengashi apparat xodimlari, tarmoq tashkilotchilari, birlashma kasaba uyushmalari qo‘mitalari hamda yirik korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalari raislari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar soha mutaxassislari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Prezidentimiz maqolasida tilga olingan mintaqaviy hamkorlik, yangilanish va istiqbollar masalalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi hamda ularda yangi qarash va ilhom uyg‘otdi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi Nazira Tog‘aeva tarixchi olim Xurshid Qurbonovga ishtiroki, hamkorligi va qimmatli ilmiy-nazariy mulohazalari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.