03.12.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxonalarda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xodimlar bilan ekologiyani asrash bo‘yicha tushuntirish ishlari tashkil etilmoqda, bo‘sh yer hududlariga yangi ko‘chat va nihollar tizimli ravishda ekilmoqda.
Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, ekologik barqarorlikka erishish, cho‘llanishga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash maqsadida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, korxona mas’ullari boshchiligida Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi 1,2 gektar yer maydoniga hudud o‘rmon xo‘jaligi vakillari hamkorligida 60 ming dona saksovul ko‘chatlari ekildi. Ushbu ko‘chatlar iqlimga mos, suvsizlikka chidamli bo‘lib, cho‘l hududlaridagi qumli maydonlarni barqarorlashtirish va fauna olamini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.
Mas’ullar tomonidan Karmana tumanidagi “Uzumzor” qo‘rg‘oni hududida joylashgan 55 gektar maydonda ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Korxona xodimlari ushbu hududga 25 mingdan ortiq qayrag‘och ko‘chatlari ekmoqdalar. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu o‘simlik havoni tozalash, iqlimni barqarorlashtirish, namlikni saqlash hamda biologik xilma-xillikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, korxona atrofida “Yashil belbog‘” tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirilib, 12 gektar yer maydoni ko‘chat ekish uchun tayyorlanmoqda.
Ekologiyani muhofaza qilishda yoshlarning savodxonligini oshirish va amalga oshirilayotgan ishlar bilan ularni tanishtirib borish kelgusida yangi fikr va tashabbuslarning uyg‘onishiga xizmat qiladi. Shu maqsadda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari uchun “Yoshlar tashabbuslari: yashil taraqqiyot uchun zamonaviy yechimlar” mavzusi doirasida “Navoiyazot” AJda ekskursiya tashkil etildi. Talabalar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Yoshlarga korxona tomonidan Navoiy shahri va Karmana tumani hududida atmosfera havosini muntazam nazorat qilish maqsadida 28 ta zamonaviy kuzatuv stansiyasi o‘rnatilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar yoshlar bilan suhbatlashib, daraxtlarni parvarish qilish, sug‘orish tizimlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda hududni ko‘kalamzorlashtirishning ekologik ahamiyati haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shavkat Toirov
O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский