04.12.2025. Inson hayot sinovlarida toblanib boradi. Ba’zan yon-atrofimizga zimdan boqib, o‘zimizdagi bor ne’matlarga, to‘rt muchamiz sog‘ligiga shukr qilishni o‘rganamiz. Zero, ko‘z o‘ngimizda imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hayotidan shukrona qilib yashayotganlar ozmunchami?
Ana shunday insonlarning bir oz bo‘lsa-da ko‘nglini ko‘tarish, qalblariga shodlik ulashish maqsadida Pop tumani Marg‘izor qishlog‘idagi «Muruvvat» uyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Namangan viloyati kengashi tashabbusida katta bayram tadbiri tashkil etildi.
Ayni paytda bu maskanda 300 nafardan ziyod ruhiy xasta nogiron erkaklar istiqomat qiladi. Ular uchun qulay yashash va dam olish sharoitlari, mavsumga mos kiyim-bosh va doimiy issiq ovqat — barchasi tashkil etilgan.
Bugungi bayram ularning qalbiga yangi ruh va yangi his-tuyg‘ular olib kirdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Namangan viloyat kengashi raisi Xasanboy Xojaev, tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jaev, tarmoq kengashlarining viloyatdagi raislari, mas’ul tashkilotchilar, Bojxona tizimi vakillari hamda qator tashkilotlar xodimlari ishtirok etib, o‘z sovg‘alarini topshirishdi.
Sahnada madaniyat bo‘limi san’atkorlari va poytaxtdan tashrif buyurgan estrada yulduzlari dilga yaqin kuy-qo‘shiqlar ijro etib, «Muruvvat» uyi ahli uchun haqiqiy bayramona muhit hadya etdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский