[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

04.12.2025. 3 dekabr’ sanasi mamlakatimizda har bir insonning jamiyatdagi o‘rni, huquqi va salohiyatini qadrlash zarurligini yana bir bor eslatib turadigan muhim sana sifatida qaraladi.

Ushbu kun munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Navoiy viloyat kengashi va viloyat «Nuroniy» jamg‘armasi rahbarlari hamkorlikda Navoiy shahar «O‘zbekiston» MFYda istiqomat qiluvchi I guruh nogironi Jahongir Eshmurodov va 100 yoshni qarshilagan mehnat faxriysi Yaxshigul momo Berdieva xonadonlariga borib, hollaridan xabar oldilar.

Samimiy suhbatlar davomida ularning dardu-istaklariga quloq tutildi. Ko‘rsatilgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik qalblarga quvonch ulashdi.