[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

04.12.2025. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratish muhim siyosiy tamoyillardan biriga aylanmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan respublika tarmoq kasaba uyushmalari, ularning ijtimoiy sherik organlari va hududiy kengashlar xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etilgan genderga oid auditorlar guruhlari tashkilot va korxonalarda genderga oid audit o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi mutaxassislari va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi tomonidan Farg‘ona davlat universitetida genderga oid audit o‘tkazildi. Unda universitetda gender tengligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, ish va maoshlardagi ehtimoliy farqlar, rahbarlik lavozimlaridagi gender tarkib holati kabi bir qator jihatlar o‘rganildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan individual hamda davra suhbatlari o‘tkazilib, mavzuga oid seminar tashkil etildi.

Seminar davomida gender tengligini ta’minlash, jamiyatda ayollarning o‘rni va rolini mustahkamlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga doir muhim masalalar ko‘rib chiqildi hamda xotin-qizlar uchun huquqiy bilimlar, liderlik ko‘nikmalari va ish o‘rinlarida teng sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish va universitetda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.