[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

04.12.2025. Qarshi davlat universitetida gender masalalari bo‘yicha auditning to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish doirasida xodimlar uchun “O‘zbekiston va jahon hamjamiyatida gender tenglik masalasi” mavzusida interaktiv seminar tashkil etildi.

Tadbirda universitetning barcha fakul’tetlari, bo‘lim va markazlaridan vakillar ishtirok etib, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga doir dolzarb ma’lumotlar muhokama qilindi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi mehnat huquqi inspektori Shamshiddin Sattorov hamda Falsafa va sosiologiya kafedrasi dosenti Zohid Boymurodov ma’ruza qilib, gender tenglikning huquqiy asoslari, xalqaro tajriba va amaliy mexanizmlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, muhokamalarda faol qatnashdilar. Seminar gender tenglik bo‘yicha universitetda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.