[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

05.12.2025. 8 dekabr’ – O‘zbekiston hayotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan, Asosiy qonunimiz qabul qilingan tarixiy sana, fuqarolik ongi, qonun ustuvorligi va inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan umummilliy bayramdir.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan Geologiya fanlari universitetida tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarining kasaba uyushmasi tashkilotlari yoshlar bilan ishlash komissiyasi raislari va universitet yoshlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda yoshlarga bugungi kunda yaratib berilgan keng imkoniyatlar, Konstitusiya orqali berilgan huquqlar va kafolatlar haqida tushunchalar berildi.

Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan muloqotda yoshlar mehnat shartnomasi, ishga qabul qilish, xavfsizlik qoidalari va kasaba uyushmasining roli haqidagi savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Bu yoshlar uchun nafaqat nazariy bilim, balki amaliy yo‘l-yo‘riq ham bo‘ldi. Tadbir davomida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Konstitusiya nafaqat qonun kitobidagi oddiy hujjat, balki yoshlar hayotida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, huquqiy ongni yuksaltirish va faol fuqarolikni shakllantirishda asosiy muhim vosita ekanligi bilan namoyon bo‘lmoqda.

Bayram sanasi munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.