05.12.2025. Bugun, 5 dekabr’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan faollar zalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasida ilgari surilgan g‘oyalar va Bosh Qomusimizning 33 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya – inson qadri, erkinligi, tenglik va adolat garovi!” mavzularidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Isoq Ahmedov olib bordi. Unda Oliy Majlis Senati a’zosi Komila Karomova, Federatsiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashi mehnat huquqi inspektori Shamsiddin Sattorov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzalarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosiy mavqei, geosiyosiy o‘rni, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro do‘stona munosabatlari, shuningdek, mamlakatimizda qonunchilik tizimining yildan yilga takomillashib borayotgani, xususan Konstitusiya orqali inson qadr-qimmati va ularning mehnat huquqlari ta’minlanayotgani haqida so‘z yuritildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda kasaba uyushma faollari hamda Qarshi shahridagi oliy o‘quv yurtlarining bir guruh talabalari ishtirok etdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский