10.12.2025. Bugungi kunda ayollar va qizlar uchun jamiyatda tenglikka erishish va adolatni ta’minlash butun dunyoda, xususan, mintaqaviy darajada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 10 dekabr’ kuni Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida BMT – Ayollar tuzilmasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning yuqori darajadagi vakillari ishtirokida “Markaziy Osiyodagi barcha ayollar va qizlar uchun adolatni ta’minlash: ayollar maqomi bo‘yicha komissiyaning 70-sessiyasi arafasida huquqiy asoslar va institusional choralarni mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining xotin-qizlar va gender masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi ham ishtirok etdi.
Ma’lumki, ayollar va qizlar uchun adolatni ta’minlash masalasi mintaqaviy darajada dolzarb mavzulardan biriga aylanmoqda. Gender tengligini ta’minlash maqsadida ayollar huquqlarini himoya qiluvchi huquqiy asoslarni mustahkamlash, zo‘ravonlikka qarshi kurashish mexanizmlarini kuchaytirish, qizlar ta’limiga e’tiborni oshirish, siyosiy va iqtisodiy sohalarda ayollar ishtiroki uchun keng imkoniyat yaratish bo‘yicha qonunlar, strategiyalar va davlat dasturlari qabul qilinmoqda.
Yuqori darajadagi tadbir doirasida asosiy e’tibor ayollar va qizlarning ish joylarida adolatga teng kirishini ta’minlovchi huquqiy va institusional islohotlarni muhokama qilishga qaratildi.
Ta’kidlanishicha, har bir davlat o‘z milliy qonunchiligi va strategiyasini takomillashtirib borayotgan bo‘lsa-da, muammolarni samarali hal etish uchun integratsiyalashgan yondashuv hamda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, ayollar va qizlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarni o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va bandlik sohalaridagi siyosatlarni muvofiqlashtirish, gender masalalariga oid statistik ma’lumotlar va ilmiy tahlillarni yo‘lga qo‘yish borasidagi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
Mintaqaviy hamkorlik ayollar huquqlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi inobatga olinib, qo‘shni davlatlar o‘rtasida qonunchilik me’yorlarini muvofiqlashtirish, birgalikda o‘quv dasturlari va treninglarni amalga oshirish, mintaqaviy monitoring tizimini shakllantirish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollar maqomi bo‘yicha komissiyaning 70-sessiyasi bayonoti qabul qilindi.
Ushbu yuqori darajadagi tadbir huquqiy va institusional choralarni muhokama qilish, mintaqaviy hamkorlik va muloqotni rivojlantirish hamda kelgusidagi gender siyosati va amaliy faoliyatni takomillashtirish uchun muhim bilim va ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkonini berdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский